taqsim
bilan ulashing
1. Qismga, ulushga boʻlish; boʻlish.
-
Ish taqsimi. Daromad taqsimi.
-
Qazuv taqsimi boy uchun ham, kambagʻal dehqon uchun ham baravar boʻlib, ming tanob yeri borga ham, chorak tanob yeri borga ham bir edi. J. Sharipov, Xorazm
2. kam qoʻll. Boʻlingan qism; ulush.
-
Ekkan-da, tikkanda gʻoyib Hoshimboy xirmonda ho-zir boʻlar, hosilning uchdan ikki taqsimini oʻziga olardi. N. Safarov, Olovli izlar
3. esk. mat. Boʻlish amali, boʻlish.
-
Uch taqsim olti (
taqsim soʻzi qatnashgan jumlalar:
Taqsim son
Taqsim qilmoq (yoki etmoq, aylamoq)
-
Shundan soʻng ular oʻrtasida ish taqsim qilindi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
boya joʻyaklarga chim bosib, suv taqsim qilayotganda, kiyimlari shilta boʻlib ketsa ham, bir ogʻiz indamadi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
Aslida tuproqni odil tabiat Taqsim aylagan-ku yer yuziga teng. A. Oripov, Yurtim shamoli
-
Berilgan sonni beshga taqsim qilmoq.
TAQSIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАҚСИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taqsim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar