terminal
bilan ulashing
1. tex. Hisoblash sistemasi tarkibiga kiruvchi, axborotlarni sistemaga kiritish va undan chiqarib olish uchun moʻljallangan chetda turuvchi, sirtqi moslama (kompyuterda ishlaganda, monitor, sichqoncha, klaviatura kabilar terminal hisoblanadi).
2. Portning (havo yoki dengiz portining) konteynerli va bogʻlama yuklarni saqlash va qayta ishlashga moʻljallangan qismi.
3. Umuman, katta miqdordagi yuk, narsa-buyum vaqtincha, mavsumiy saqlanadigan ombor.
-
Paxta tolasi terminali.
-
Terminallar, oʻz navbatida, tashqi savdo kompaniyalari bilan tuzgan shartnomalariga koʻra, tolani eksportga ortishadi. Gazetadan
-
tayyor mahsulotlarning terminallar orqali xorijga chiqarilayotgani qayta ishlash korxonalariga ham yangi imkoniyatlar eshigini ochdi Gazetadan
4. Plastik kartochkalar yordamida ishlaydigan, turli hisob-kitob va toʻlovlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladigan elektron qurilma.
-
Respublikadagi barcha savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalariga oʻrnatilgan terminallar yordamida toʻlovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Gazetadan
-
Bank mutaxassislari tomonidan oʻrna-tilgan 1300 savdo terminali va 20 bankomat mijozlar xizmatida. Gazetadan
TERMINAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕРМИНАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
terminal so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar