to‘satdan
bilan ulashing
1. Xayolga kelmagan xolla; kutmaganda, kutilmaganda.
-
Toʻsatdan mehmonlar kelib qoldi. Toʻsatdan qattiq shamol turdi.
-
Eshik toʻsatdan qattiq itarildi. Uzoqda Shoqosimning kim bilandir xirillashgani eshitildi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Boshimga birov toʻsatdan katta bir kaltak bilan urgandek boʻldi. O. Yoqubov, Tilla uzuk
2. Gʻayriixtiyoriy ravishda, bexosdan, birdan.
-
[Yigit] Top koʻchaning yarmisiga yetgach, toʻsatdan orqasiga qayrilib qaradi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Toʻsatdan oyoqlaridan mador ketib, qaltiray boshlaganini sezdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. Sezdirmay turib birdan, dabdurustdan.
-
Beshiktervat oʻljasi yaqinlashishi bilan toʻsatdan, yashin tezligida sapchib, uni ushlab oladi. Fan va turmush
TO‘SATDAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎСАТДАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘satdan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar