falon
bilan ulashing
1. gum. olm. Narsa, shaxs yoki voqea-hodisa, ular haqidagi biror xususiyat, belgini aniq bildiruvchi soʻzlar oʻrnida ishlatiladi.
-
Falon kishi. Falon narsa. Falon joy. Falon soʻm. Falon vaqt.
-
Falon vaqtda kelaman desa, tamom, kelmasdan qoʻymasdi. Oʻ. Umarbekov, Charos
-
Falon hovlida boʻyi yetgan qiz bor, degan gapni eshitib, koʻzimiz oʻynar, lekin yuzini koʻrmasdik. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Biror xususiyat yoki hodisaning, jarayonning miqdoran juda ortiqligini, yuqori darajada ekanligini bildiradi.
-
Eng yomoni — shaharda qovun yetishmayotgan ekan, bir tilimi falon pul emish. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
-
— Siniqchiga oborishni oʻzim ham bilaman. U falon pul soʻraydi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Bozorda mushtumday joʻja falon pul. Shuhrat, Jannat qidirganlar
3. Odob-axloqqa zid, aytish uyat hisoblangan soʻzlar oʻrnida qoʻllanadi.
-
Ona bilan qizni bir odamning falon qilishi shariat yuzasidan tuzuk emas. S. Ayniy, Qullar
-
Kampir, agar shunga tegmasang — falon, deb ogʻziga soʻz oldi, meni uyidan haydab chiqardi. Mushtum
falon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Falon-pismadon (yoki falon-piston, falon-tugun
-
Falon-piston deb gapni choʻzma.
-
Akam paqirning qornini yorsang, alif chiqmaydi-yu, tagʻin falon-u pismadon deganiga kuyaymi! P. Tursun, Oʻqituvchi
FALON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФАЛОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
falon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar