falokat
bilan ulashing
1. Odamlar ixtiyoridan tashqari, kutilmaganda yuz beradigan koʻngilsiz voqea, hodisa; baxtsizlik; ofat.
-
Farosatsiz — falokatga yoʻliqar. Maqol
-
Kumushbibi uchun bu hol kutilmagan bir baxtsizlik, kutilmagan bir falokat edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Tohir yomon bir falokatni oldindan sezganday, yuragi uvushdi. P. Qodirov, Bobur
2. soʻk. Yaramas; badbaxt.
-
[Boy:] Gʻofirni koʻrdingmi? [Xolmat:] Boya shu oʻrtada oʻralashib yuruvdi, falokat! Bir zumda yoʻqolib qolibdi. Hamza, Boy ila xizmatchi
-
Nemis falokat lotinchani ham, oʻzbekchani ham bilar ekan. Oybek, Quyosh qoraymas
falokat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Falokat oyoq ostida
-
— Falokat oyoq ostida, deganlari haq gap ekan-da, — dedi kimdir. T. Rustamov, Mangu jasorat
Falokat bosib
-
Bir kuni falokat bosib, mehnat darsida elektr arrani sindirib qoʻysak boʻladimi? E. Rayimov, Ajab qishloq
-
Falokat bosib, er-u xotin urishib qolishdi. Oxir boʻlmadi, ajralib ketishdi. Gazetadan
FALOKAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФАЛОКАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
falokat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar