falak
bilan ulashing
1. Yerdan yuqoriga qaraganda gumbaz, qubba shaklida boʻlib koʻrinadigan fazo boʻshligʻi, osmon gumbazi; osmon, koʻk.
-
Yana chaqmoq chaqdi, yana falak gumburladi. H. Gʻulom, Zamin yulduzlari
-
Chingizxon ot solib kelib, Minori Kalon tagida falakka boʻy choʻzgan bu obidaga mahliyo boʻlib qolibdi. Mirmuhsin, Meʼmor
2. koʻchma Taqdir, qismat, koʻrgilik.
-
Men oʻzim bu falakning dastidan najot izlayman, begim. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Ey falak, charxing buzilsin, Kimlarga xor etding meni. E. Usmonov, Yolqin
falak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Osmoni falak
-
— Siz bilan toʻxtovsiz qilingan maishatlar meni avval osmoni falakka olib chiqib, keyin jarga uloqtirdi, — dedi Olim Ergashga. B. Rahmonov, Qilmish-qidirmish
-
Shu barobar oldinda chang-toʻzonni osmoni falakka chiqarib girdob koʻtarildi. M. Mansurov, Yombi
-
Nogʻoralar gumburi va karnaylar sadosi yana osmoni falakka chiqdi. O. Yoqubov, Koʻhna dunyo
Falakning gardishi bilan
-
Bu gʻarib va kimsasiz kishi asli Sabzavor shahridan, falakning gardishi bilan Hirotga kelib qolgan. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Falakning gardishi bilan shu qishloqqa kuyov boʻlib keldi. Mushtum
Parvoyi falak
-
Gʻoʻzalaringiz chanqab ketibdi siz boʻlsangiz parvoyi falaksiz. J. Abdullaxonov, Tong yorishgan sohilda
-
Yuvosh esa parvoyi falak; hech narsa bilan ishi yoʻq, doim xursand. E. Rayimov, Ajab qishloq
Figʻoni falakka chiqmoq (yoki oʻrmalamoq, koʻtarilmoq)
-
Xayri bogʻchadan oʻgʻlini olgani kirganda, tarbiyachining figʻoni falakka chiqib turgan edi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
— Padariga ming laʼnat, shu ham koʻp boʻldimi, — sakson yoshlar atrofidagi ota-xonning figʻoni falakka oʻrmaladi. Mushtum
FALAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФАЛАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
falak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar