falsafa
bilan ulashing
1. Tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari haqidagi fan; olam va unda insonning tutgan oʻrni haqidagi gʻoyalar, dunyoqarashlar tizimi.
-
Umar Xayyomning qisqa, lekin sermazmun baytlariga singdirilgan hayot falsafasi buyuk, hayot va dunyodayin bepoyon. Gazetadan
-
Ustoz Qori-Niyoziy Sharq va Gʻarb falsafasi tarixi, siyosiy iqtisod, adabiyot, sanʼat bobida har qanday mutaxassis bilan bahslasha olardi. Fan va turmush
2. so‘zlashuv tili Eshitib oʻtirish va mulohaza qilishga arzimaydigan, asossiz, mavhum fikr, mulohaza; quruq safsata.
-
Bu odam hayotning olgʻa bosuvi mumkin emasligini isbot qilaturgan oʻzining falsafasi bilan Saidiyni yupatar edi. A. Qahhor, Sarob
-
Bu anavi chol — Poʻlatjon domlaning gapi! Bunaqa falsafalar oʻshandan chiqadi! A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
3. Shaxsiy tajriba, fikr-oʻy asosida yuzaga kelgan ishonch, eʼtiqod.
-
Joni bor odam qimirlab turishi kerak — uning falsafasi shu. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Bu soʻzlari bilan u oʻzining sodda falsafasiga yakun yasaganday boʻldi. S. Anorboyev, Oqsoy
falsafa soʻzi qatnashgan jumlalar:
Falsafa sotmoq (yoki soʻqmoq)
-
— Falsafa sotish bas, — deb Hasanning soʻzini kesdi Fotima. S. Ayniy, Qullar
FALSAFA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФАЛСАФА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
falsafa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar