zar
bilan ulashing
1. Oltin, tilla.
-
Zar qadrini zargar biladi. Maqol
-
[Husayn:] Xazinamda har qancha zar, har qancha aqcha boʻlsa, yurtning obodonligi uchun sarf etishga vaʼda beraman. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
-
Norga ortinglar zaringni, Xotin, bola-chaqalaringni. Yusuf va Ahmad
2. koʻchma Oltin bilan teng, oltinga oʻxshash narsa haqida.
-
Toshlar ustiga doʻlanaday-doʻlanaday yirik tomchilar tushib, atrofga zar kukunlari sochildi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
3. Tilla, pul, umuman boylik.
-
Ter toʻkib mehnat qilsang, yerdan hatto zar unar. Maqol
-
Mehrni oʻlchab boʻlurmi zar bilan, inju bilan? E. Vohidov, Muhabbat
-
Saroyga bordim-u, pul olganim yoʻq, Shahanshohning, dedi, oltin, zari yoʻq. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
4. Zardoʻzlikda zarbof toʻn, zar doʻppi va boshqalar tayyorlashda ishlatiladigan, oltin yoki kumush suvi yuritilgan, zarlangan ipak yoki sim; shunday ipak yoki simdan tikilgan kiyim.
-
Zar bilan tikilgan doʻppi. Zar roʻmol.
-
U zar yoki kimxob toʻn ichida odamlar oʻrtasida savlat toʻkib turibdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
5. Bezak yoki oʻrov uchun ishlatiladigan yupqa yaltiroq metall varagʻi yoki zarhallangan qogʻoz.
-
Zar qogʻoz. Zarga oʻralgan popuk (konfetlar).
-
Archa har xil shakldagi zar qogʻozlar va boshqa oʻyinchoqlar bilan beza-tilgan. K. Yashin, Hamza
zar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qora zar
-
Qoratogʻ qoʻyniga qoʻl soldi odam, Oʻlka uchun qora zar oldi odam. Mirtemir
Boshidan zar quymoq
-
[Jamila boyga:] Oʻsha qarolingizni yaxshi koʻrib tegganman, boshimdan zar quysangiz ham, undan ayrilmayman. Hamza, Boy ila xizmatchi
ZAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar