zapas
bilan ulashing
1. Kelajakda foydalanish yoki biror maqsad uchun jamgʻarib, ajratib qoʻyilgan narsa; zaxira.
-
Yoqilgʻi zapasi,
-
Vahobjonning juda jahli chiqib ketdi. Bu qanday gap! Zapas gʻildirak boʻlganda ham boshqa gap edi. S. Ahmad, Togʻ afsonasi
-
[Tursunboy] Oziq-ovqat zapaslarini koʻzdan kechirdi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
-
Uchuvchilarda oʻn kunlik yonilgʻi zapasi bor edi. Gazetadan
2. Ehtiyot shart, zarurat uchun tayyorlangan kimsa yoki narsa.
-
Mashinaning zapas qismlari. Zapas oʻyinchi.
-
Miltiq ovozlari xandaqlarning ichkarisidagi zapas pis-tirmalargacha yetib bordi. I. Rahim, Chin muhabbat
3. Qazilma boyliklarning yer ostidagi, hali foydalanilmagan miqdori.
-
Neft zapaslari.
4. koʻchma Kishining maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi boyligi, bilim darajasi.
-
Soʻz zapasi. Bilim zapasi.
5. so‘zlashuv tili Tikuvchilikda matoning kiyim choklari ostida ataylab, keyin qoʻshib yuborish uchun qoldiriladigan ortiqcha qismi.
-
Yengning zapasi.
zapas soʻzi qatnashgan jumlalar:
Zapasdagi ofitser
-
Yaqinda zapasdagi ofitserlar yigʻilishib, amalga oshirilgan ishlarga yakun chiqarishdi. Gazetadan
ZAPAS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗАПАС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zapas so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar