zanjir
bilan ulashing
1. Bir-biriga tartib bilan, birin-ketin oʻtkazilgan, biriktirilgan metall (yoki boshqa qattiq material) halqalar shaklidagi, roʻzgʻorda, xoʻjalikda turli maqsadlarda ishlatiladigan arqon(cha), tizimcha.
-
Temir zanjir. Soat zanjiri.
-
Bogʻlab qoʻyilgan sherday it bogʻ tomonga qarab irillar, zanjirni uzib yuborguday oʻzini otardi. Gʻ. Gʻulom, Mashʼal
-
Bunaqa zanjirni yanga tugul, qishlogʻimizdagi manman degan temirchi ham uzishi qiyin. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Metall halqalardan tayyorlangan, eshik yoki darvozalarni berkitib qoʻyishda bir tomoni zulfinga ilinadigan ilgak.
-
Eshikning zanjirini ilib qoʻying.
-
[Hasanali] Zanjirni tushirib, darvozaning bir tabaqasini ochish hamono shu tabaqaga suyalib turgan Otabek Hasanalining oyogʻi ostiga yiqilib tushdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. kesim vzf. Zanjir bilan berkitilgan, zanjirlangan.
-
[Otabek] Jannat opaning eshik zanjir degan tovushini eshitgach daricha yoniga choʻnqaydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. Oltin, kumushdan yasalgan kichik nozik halqalardan tayyorlangan, boʻyinga yoki qoʻlga taqiladigan ziynat buyumi.
5. maxs. Mashina, mexanizm va baʼzi qurilmalarning ketma-ket biriktirilgan halqa-qismlardan iborat egiluvchi, aylanadigan qismi.
-
Shu vaqt oʻrta koʻchada zanjiri uzilib, yoʻlga koʻndalang boʻlib qolgan tankdan yakka miltiq ovozi eshitildi. I. Rahim, Chin muhabbat
6. Mahbuslarning qoʻli yoki oyogʻiga bogʻlanadigan temir halqa; kishan.
-
Shoir Avaz xonning gʻazabiga duchor boʻladi va zanjirda azob-uqubat bilan vafot etadi. Oʻzbek adabiyoti tarixi
7. koʻchma Qullik, asorat; biror narsa-hodisaning qurshovi, iskanjasi.
-
Eski urf-odatlar zanjiri hamon Gulsumning erkini boʻgʻib, taqdiriga xavf solib turardi. P. Tursun, Oʻqituvchi
8. koʻchma Biror narsa yoki kimsalarning uzluksiz, tigʻiz bogʻlanib turgan qatori, tizmasi.
-
Voqealar zanjiri.
-
Gʻulomjon mirshablar zanjirini uzib, oldinga oʻtdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
9. koʻchma Ikki narsani, kimsani oʻzaro chambarchas bogʻlovchi narsa; rishta, robita.
-
[Anvar:] Juftlanishning, menimcha, eng muhim bir sharti bor, ul ham ikki tarafning muhabbat zanjiri bilan bir-birlariga qat-tiq bogʻlanishlaridir. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
10. fizika Tex. Uzluksiz, aylanma tizim yoki qator hosil qiluvchi elementlar birikmasi.
-
Elektr zanjiri.
zanjir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Zanjirday xamir
ZANJIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗАНЖИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zanjir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar