zarang
bilan ulashing
1. Kungurador, yapaloq bargli, yogʻochi qattiq daraxt.
-
— Bilasizmi, — dedi u [Choʻnjar] roʻparasidagi zarang daraxtining nurda tovlangan shapaloq barglariga mamnun tikilib, — toʻqqizinchi shaxtamizning oʻzida oʻttiz millatning vakili ishlaydi. Y. Shamsharov, Qaxramonlik yoʻli
2. Shu daraxt yogʻochidan yasalgan (idish, hassa, oʻq-yoy, egar va boshqalar).
-
Korsonda qimiz keldi. Bek bir-ikki zarangni ichgandan keyin yaslanib, koʻkka qarab yotib oldi. A. Qodiriy, Utgan kunlar
-
Muborakning otasi qish-da duradgorlik qilar, eshik, beshik, sandal, zarang tovoq yasardi. S. Nurov, Narvon
-
Daho zarang tayoqning changini kaftlari bilan sidirib tashladi. T. Murod, Qoʻshiq
Zichlanib ketgan, qattiq, berch (yer haqida).
-
Ulkan ekskavatorlar odam qadami tegmay yotgan yovvoyi zarang yerlar toʻshini tilka qilmoqda. H. Nazir, Oʻtlar tutashganda
-
Anvar zarang yerni qarsillatib tepgancha yugurib ketdi. Oʻ. Ho-shimov, Bahor qaytmaydi
-
Tars yorilgan zarang yerlar ustida qizil qanot chigirtkalar uchib yuradi. M. Osim, Elchilar
ZARANG so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗАРАНГ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zarang so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar