zarar
bilan ulashing
1. Shikast, buzilish; ziyon-zahmat.
-
Zalda hamma bir narsa toʻgʻrisida gaplashardi: Doʻl qattiq yogʻdi. Gʻoʻzaga zarar qilmasmikan? R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
2. Savdo-sotiqda(n) koʻrilgan ziyon; umuman, moddiy yutqiziq.
-
Tarvuzi qoʻltigʻidan tushgan direktor teatrga bir yuz yetmish soʻm-u toʻrt tiyin zarar keltirgan shu tomoshabinning yoqasidan boʻgʻib, koʻchaga opchiqib tashlagudek oʻqraydi. S. Ahmad, Saylanma
-
Oʻzingizga maʼlum, savdo ahli zararni yoqtirmaydigan, foyda talab xalq boʻladi. K. Yashin, Hamza
-
Bizdan Mirzakarimboy hech vaqt zarar koʻrgani yoʻq. Paxta yildan-yilga moʻl boʻlib, foydasi ham oshib turibdi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Kishi organizmiga, sogʻligiga yomon taʼsir; jismoniy ziyon, shikast.
-
Tamakining zarari.
zarar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Zarar bermoq
-
Kumush, otasining oldiga kapot yozgan kabi yugurib, uning sokolini silar ekan, soʻradi: — Sizga zarar bermadilarmi, otajon? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Zarari yoʻq
-
Zarari yoʻq, Rahim ota, hozirgi xizmatingiz ham yoshlarnikidan qolishmaydi [dedi Nazarov]. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
— Zarari yoʻq, pakkini olib keling, yangisini qaziymiz! — dedi Zoyirjon kulumsirab. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Zarari tegmoq
-
Ishqilib, doʻstlariga zarari tegmasa boʻldi — boshqasidan qoʻrqmaydi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tutsa
ZARAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗАРАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zarar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar