bakovul
bilan ulashing
1. esk. tar. Podshoh, xon va lashkarlarga ovqat tayyorlash ustidan nazorat olib boruvchi, hukmdorga taom tortishdan oldin uni avval oʻzi totib koʻruvchi mansabdor; bosh oshpaz (15-asr va undan keyingi davr).
-
Naql qilishlaricha, ushbu taom [ajabsanda] Bobur saroyining bakovullari ijodiga mansub emish. K. Mahmudov, Oʻzbek tansiq taomlari
-
— Gunoh shulkim, — dedi Bobur qatʼiy ohangda, — bakovullarimiz sizdan qattiq ranjibdirlar: tortgan taomlaridan loaqal bir luqma tanavvul etmas emishsiz. Yoshlik
-
Bakovul boʻshashgancha bir chekkada turardi. Sharq yulduzi
2. tarixiy Oltin Oʻrda xonligida qoʻshinga maosh ulashish, oʻljalarni taqsimlash singari vazifalarni bajaruvchi yuqori mansabdor.
3. sheva Toʻylarda taom tayyorlovchi oshpaz, pazanda.
-
Yuzlari tandirdan endi uzilgan nondayin qip-qizil, moʻylovli bir odam bakovul boʻldi. Yoshlik
4. Toʻy va bayram (hayit) munosabati bilan oʻtkaziladigan kurash, poyga, uloq (koʻpkari) kabi musobaqalarni boshqaruvchi.
-
Bular toʻyga bakovul ham boʻladi. Har kim qoʻldan kelganini qiladi. Intizor
-
Ahmad-jon ota, Meliqoʻzi va bakovullar muzika sadolari ostida oʻrtaga tushdilar. Yoshlik
bakovul soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tayyor oshga bakovul
-
Qiz boʻyiga yetgandan keyin, Mamasaid “tayyor oshga bakovul“ boʻldi: Men eng yaqin togʻaman, shuning uchun ota oʻrniga otaman, deb daʼvo qildi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Tayyor oshga bakovul, deb shuni aytarkanlar-da! S. Zunnunova, Olov
BAKOVUL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАКОВУЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bakovul so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar