to‘la
bilan ulashing
1. Olingan, xarid qilingan, foydalanilgan va shu kabilar narsalar evaziga tegishli miqdorda pul, haq bermoq.
-
Kassaga naqd pul toʻlab, narsa olmoq. Kira haqi toʻlamoq. Arzon toʻlamoq.
-
Bu narsalaringiz menda garov turadi, qachonki pul topsangiz, mening yarogʻ uchun toʻlagan pulimni berib, narsalaringizni olasizlar. S. Ayniy, Qullar
2. Olingan pulni, qarzni qaytarmoq, uzmoq; zimmasidagi pul, toʻlov majburiyatini ado etmoq.
-
Soliq toʻlamoq. Badal toʻlamoq. Jarima toʻlamoq.
-
Bugun qarzlaringni toʻlaysanlar — men tinch, senlar tinch. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Yetkazilgan zararning muzdini bermoq, oʻrnini toʻldirmoq.
-
Tovon toʻlamoq. Xun toʻlamoq.
-
— Voy, [qoʻgʻirchogʻim] kasal boʻlib qolibdi, toʻlab berasan, — dedi Muhayyo Manzuraga. N. Yoqubov, Kichkina doktor
TO‘LA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘la so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar