to‘l
bilan ulashing
1. Boʻsh joyi qolmay egallanmoq, band boʻlmoq.
-
Hovuz toʻldi. Zal toʻldi. Koʻcha odamga toʻldi. Qop toʻldi. Daftarning ikki beti toʻldi. Koʻzi yoshga toʻldi.
2. Koʻp yoki yetarli miqdorda biror narsaga ega boʻlmoq, egallab olmoq, qamrab olmoq; qoplanmoq, burkanmoq.
-
Gullar hidiga toʻlgan iliq, mast qiluvchi havo. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Jajjigina xona billur qandildan yogʻilayotgan nurga toʻlgan Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Gʻulomjonning yuragi achishdi. Uning yuragida shu alamlar zahri toʻlib yotardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Bir zumda eshik bolalar chugʻuriga toʻldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Lolaga toʻldi dala, Chakkangga taq, chakkangga. Sarasi targʻil lola, Chakkangga taq, chakkangga. T. Toʻla
-
Eng ulugʻ bayram bugun, Keling, oʻrtoqlar. Nurlarga toʻldi bugun Uylar, oʻtloqlar. I. Muslim
3. koʻchma His-tuygʻu, ichki kechinma va shu kabilar bilan oshib-toshmoq.
-
Onaning yuragi umid va quvonchga toʻldi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Uning [Laʼlining] biyron-biyron soʻzlarini eshitgan Mirhosil mahliyo boʻlib qoldi, koʻkragi zavq-shavqqa toʻldi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Gapingning yolgʻoni bilinib qoldi, Shu sababdan Yodgor gʻazabga toʻldi. Yodgor
4. koʻchma Ayn. toʻliqmoq.
-
Oʻjar erdan toʻlib yurgan kampir bir ogʻiz gap bilan yarasiga tuz sepgandek boʻldi. S. Abdulla, Soyalar
-
Haydar ota undan [kampirdan] Yodgorboyni soʻrab: — Xat kelib turibdimi? — degan edi, kampir oʻzi toʻlib turgan ekan, koʻz yoshi qildi. A. Qahhor, Asror bobo
5. Son-miqdor, vaqtning maʼlum bir darajasini egallamoq.
-
Men, oʻn oltiga rosa toʻlmagan qiz, birdan yot va katta oilaga tushib qoldim. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Oʻn besh kunga toʻlganida oy, Koʻkka chiqib, tunni axtardi, Orqasidan baland osmonda Olam-olam yulduzlar bordi. H. Olimjon
-
Hurmatli ustozning poyqadami yetganiga bugun rosa uch yil toʻldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Paxta ekdik, boʻlsin deb, Shartnomamiz toʻlsin deb, Yuz sentnerga qoʻl qoʻydik Dushman kuyib oʻlsin deb. Qoʻshiqlar
6. Mukammallashmoq, raso, but boʻlmoq; oʻrni qoplanmoq.
-
Guruh toʻldi. Shtat toʻldi. Chalasi toʻldi. Zararning oʻrni toʻldi.
7. Et qoʻymoq; semirmoq, toʻlishmoq.
-
Zaynab Kumushning toʻlib yetmagan gavdasiga va gʻubor tegmagan husniga hayron boʻlib, mulohazasini aytishdan qoʻrqdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Saltanatxon kurortdan qaytib keldilarmi? Oyday toʻlib, kunday kulib kelgandirlar boʻlmasam? S. Abduqahhor, Sanamay sakkiz dema
to‘l soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kuni (yoki qazosi, paymonasi) toʻlmoq
-
Xudo sening aql-u hushing oldimi? Ajal yetib, sening kuning toʻldimi? Rustamxon
-
Taralganda toza gullar soʻlmasin, Omon boʻlsin, paymonasi toʻlmasin. Erali va Sherali
-
Qazom toʻlsa, qadam bosmay oʻlayin. Nurali
Aqli (yoki miyasi) toʻlmoq
-
Kitob oʻqigan kishining miyasi tobora ochiladi, toʻladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
Ichi (yoki yuragi) toʻlmoq
-
Toʻgʻrisi, uydagi gaplarni hammadan bekita-bekita, ichim toʻlib ketdi. H. Nazir, Yonar daryo
-
Yuragi toʻlib ketgan paytlarida esa hamma-hammasi Zubaydaxonlarnikiga chiqadi. K. Yashin, Hamza
Koʻngli toʻlmoq
Sabr kosasi toʻlmoq
Uyi toʻlib qoldi
-
Yigitcha frontchi akasining kelishidan, uyi toʻlib qolishidan quvonchi ichiga sigʻmadi. S. Ahmad, Ufq
Oʻpkasi toʻlmoq
TO‘L so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘l so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar