to‘siq
bilan ulashing
1. ot Yoʻlni toʻsish, bekitish, ihota qilish yoki ikki joyni bir-biridan ajratish uchun yasalgan qurilma; gʻov, ihota.
-
Chiy toʻsiq. Harbiy toʻsiq. Suv toʻsiqdan oshib oʻtdi.
-
Hademay, shox-shabbalardan katta toʻsiq hosil boʻldi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Shiftgacha yetib bormagan faner toʻsiq orqali gaplar baralla eshitilardi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Tanklar uncha-muncha toʻsiqni nazar-pisand qilmay, dahshat va ishonch bilan masofani qamrardi. Oybek, Quyosh qoraymas
2. koʻchma Toʻsqinlik, qarshilik; toʻgʻonoq, gʻov.
-
Toʻsiq boʻlmoq.
-
Hayot nashidasi shu kurash, xavf-xatar, toʻsiqlarni yengib oʻtish, intilish borligi uchun ham qiziq, lazzatli. S. Nurov, Narvon
3. sifatdosh Toʻsilgan holatli, toʻsib qoʻyilgan.
-
Toʻsiq yoʻl. Hovuzning atrofi toʻsiq.
TO‘SIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎСИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan TO‘SIQ so‘ziga berilgan ma’nolar
to‘siq so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
to‘siq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar