to‘s
bilan ulashing
1. Toʻsiq qurib, gʻov solib, oʻtib boʻlmaydigan qilmoq, bekitmoq yoki ikkiga ajratmoq.
-
Daryoni toʻsmoq. Hovlini chiy bilan toʻsib olmoq.
2. Toʻsqinlik qilmoq, yoʻliga gʻov boʻlmoq, yoʻnalishiga toʻsiq boʻlmoq; oʻtkazmay qoʻymoq, toʻxtatmoq.
-
Bahor qoʻllarini koʻtarib, kichkina nam kaftlari bilan gʻir-gʻir shabadani toʻsdi. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin
-
— Oʻgʻil, qanday boʻlmasin, otaning quli boʻladi, — ellikboshi boyvachchaning oldini toʻsdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Sizga oʻxshash dallollarga hojat yoʻq. Men sizni xoʻp sinaganman. Siz xalq boʻronini toʻsmoqchimisiz? Oybek, Tanlangan asarlar
3. Pardalab, pana qilib bekitmoq, pardalamoq, panalamoq.
-
Sahnani qizil duxoba parda toʻsdi.
-
Gʻulomjon qizning chap qulogʻini toʻsib turgan jingalak zulfiga tikilib toʻxtadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Chayla eshigini shineli bilan toʻsib titrab-qaqshab gugurt chaqdi. Oybek, Quyosh qoraymas
to‘s soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yoʻlini toʻsmoq
-
Suv yoʻlini chim bosib toʻsdik.
-
— Kerak emas, kira koʻrmang! — yoʻlni toʻsdi Huri. F. Musajonov, Nuri
-
Biz tantanali, qizgʻin, gʻayratli, ommaviy ish boshlash bilan hamma igʻvolarning yoʻlini toʻsa olamiz. A. Muxtor, Opa-singillar;
-
Bu yerlarda meni yolgʻiz bildingmi? Yoʻl toʻsmoqchi boʻlib, chiqib keldingmi? Yodgor
Chaqaloqni, yosh bolani hojat uchun qulay vaziyatda tutib, ushlab turmoq.
TO‘S so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘s so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar