to‘ti
bilan ulashing
1. Tropik oʻrmonlarda yashaydigan, koʻpchilik turi chiroyli, rang-barang patli qush.
-
Ilhom samovarchi odamni koʻproq chaqirish uchun toʻti saqlaganday, Hoji bobo usta Salimni toʻti qilib boqar edi. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
-
Togʻlardagi ohular, oʻrmondagi toʻtilar, chamandagi bulbullar ham yolgʻiz emas, juft yashaydilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
2. koʻchma Juda goʻzal, nozanin ayol haqida.
-
Qizlar majlisi gullar, lolalar, toʻtilar, qumrilar majlisi! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bir qiyo boqdim, ilindim toʻtining zanjiriga, Hech iloj topolmadim parvardigor taqdiriga. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. koʻchma Taqlidchi, oʻzganing gapini takrorlaydigan shaxsga nisbatan qoʻllanadi.
4. Toʻti (xotin-qizlar ismi).
TO‘TI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎТИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘ti so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar