toj
bilan ulashing
1. Shohlarning hukmronlik ramzi boʻlgan, qimmatbaho toshlar qadalgan ziynatli bosh kiyimi.
-
Shohlarning boshida tilladan toji, Necha shaharlardan oladi boji. Folklor
-
[Mirzo Yodgor} Jurjonni qoʻlga olib, poytaxt Hirotni bosish, toj kiyish umidi bilan urinadi. Oybek, Navoiy
2. aynan Gultoj.
3. Baʼzi qushlarning boshidagi etdor oʻsimta.
-
Xoʻrozning toji.
-
Kelin darhaqiqat yosh, lekin xuddi qiziqchilikka semirganday yum-yumaloq; egnida yengsiz qizil koʻylak, boshida popishakning tojiga oʻxshagan, lekin qizil shlyapa. A. Qahhor, Toʻyda aza
-
katta terakka ikkita qush kelib qoʻndi. Narining boshida toji bor. S. Nurov, Narvon
4. koʻchma Biror narsaning yuqori, yetuk qismi, uning ifodachisi.
-
Inson barcha maxluqotning tojidir. Oybek, Navoiy
-
— Chidash kerak. Sabr — inson irodasining toji, — dedi Joʻraxon. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
-
Agar mazkur sheʼr bamisli bir qush boʻlsa, bu bayt uning toji-ku S. Siyoyev, Avaz
5. koʻchma Biror musobaqada gʻoliblik unvoni va shu gʻoliblik uchun kiydiriladigan kiyim.
-
Qurʼaga koʻra, birinchi partiyada oq donalarni toj talabgori suradi. Gazetadan
6. astronomiya Quyosh atrofidagi, kun tutilish paytlarida yaxshi koʻrinadigan yorugʻ gardish.
-
Quyosh atmosferasining uchinchi, eng qalin va eng siyrak qatlami Quyosh toji deyiladi. Astronomiya
7. tex. Gupchakka yoki boshqa asosga oʻrnatiladigan gardishsimon qism.
-
Shesternya toji. Toj shesternya.
toj soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sohibi toj
-
Alisher va toji davlat boʻlmish Husayn Boyqaro hazratlari goʻdaklikda doʻst va hammaktab ekanlar. Oybek, Navoiy
Toj-u taxt yoki taxt-u toj
-
Bu olishuv, toj-u taxt talashuvlaridan faqat fuqaro azob chekadi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Bu oʻt uchqunlari yaqinlarda birdan alangalanib yuzaga chiqadi, amirning taxt-u tojini, uning homiylari bilan birga kuydirib kul qiladi. S. Ayniy, Doxunda
TOJ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОЖ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
toj so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar