transheya
bilan ulashing
1. harb. Jang olib borish, dushman zarbalaridan saqlanish, yashirin harakat qilish uchun moslashtirilgan, atrofi tuproq koʻtarmali tor, uzun, chuqur zovur, xandaq.
-
Yoʻlning pastki tomonida vayrona stansiyalar uzundan-uzoq transheyalar stvollari yerga san-chilgan toʻplar ortda qolib borar edi. Z. Fatxullin, Soʻnmas yulduz
-
U Vzvod kela qolsa edi, bularni ushlab olardik, degan xayolda transheyalar bilan vzvodga joʻnadi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Har qadamda kalamushning uyasiga oʻxshagan okop, transheya. A. Qahhor, Oltin yulduz
2. maxs. Biror maqsadda qurilgan, kovlangan zovur, chuqur.
-
Silos transheyasi. Poy-devor transheyasi. Vodoprovod quvurlari yotqiziladigan transheya.
TRANSHEYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТРАНШЕЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
transheya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar