tus
bilan ulashing
1. Narsalarga xos boʻlgan rang, rang koʻrinishi.
-
Tusi oʻzgarmoq. Tusi oqarmoq, Tusini yoʻqotmoq.
-
Shuning uchun yoz kunlari maxdumning bogʻchasi oq, nimrang, ola-zangor, malla-lojuvard va boshqa tus kapalaklarning yalt-yult uchishlari bilan alohida bir koʻrinishga kiradi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Marzalardagi maysa-giyohlar bir xil rangda — oltin tusida tovlanadi. N. Aminov, Suvarak
-
Mardon Yoʻlchiyevich novcha, yuzi choʻzinchoq, tusi ham Temirjonning chehrasiday tiniq ekan. J. Abdullaxonov, Oriyat
-
Odatda dengiz suvi koʻkimtir rangli, boʻladi. Primoryeda esa dengizning suvi temir zangining tusini eslatadi. Gazetadan
2. Tashqi koʻrinish; qiyofa.
-
Zamonlar oʻzgaradi, joyning ham tusi oʻzgaradi. Y. Shamsharov, Toshqin
-
Bolalarning qiy-chuvi, xotinlarning baqirib-chaqirishlari bu jimjit toʻqayzorga mahalla tusini berib qoʻydi. S. Ahmad, Ufq
-
Qizi shomda qaytganda, hovlida gard ham yoʻq, salqin, suv sepilgan, hovlining tusi oʻzgarib, chang bosib yotgan akaslar ham chehrasi ochilganday edi. S. Nurov, Narvon
-
Homid magʻrur tus bilan Ota-bekka qaradi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Quvonch, qoʻshiq har yonda, Oq kaptarlar osmonda Parvoz qiladi koʻrkam, Bayram tusida oʻlkam. R. Bobojon
tus soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tus bermoq
-
Yuziga tushunib boʻlmaydigan allaqanday tus berib, bir xoʻrsinib qoʻydi-da, unga dedi K. Yashin, Hamza
-
Nahotki oʻz jangchilarimizni unutsak, — deya gapga tus berdi Muharram. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Har anorlarki donasi choynakday, uzumini koʻtarolmay bukilib qolgan ishkomlar, yombi oltindek sap-sariq behilar bu bogʻga chinakam jannat tusini berar edi. S. Ahmad, Hukm
Tus olmoq
-
Uning rangi oqarib, vajohati qoʻrqinchli tus oldi. M. Hazratqulov, Jurʼat
-
Paykallar etagini yuvib oqayotgan Qashqa suvi qizgʻish-sariq tus olib tol, jiydalar ostigacha toshgan. S. Nurov, Narvon
-
Asta-sekin munosabatlarimiz boshqacha tus ola boshladi. E. Aʼzamov, Javob
Tusga kirmoq
-
Ariq va anhorlardagi suvlar shaffofligini yoʻqotib, mallarang tusga kirdi. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
Murzin uning nazarida lahza sari yuksalib, ajoyib qahramon tusiga kirib bormoqda edi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Nafis kiyimlar bilan yosh kelin tusiga kirgan Xoljon derazadan oʻtgan-ketganlarni tomosha qilib oʻtirdi. Gʻayratiy, Dovdirash
TUS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tus so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar