turg‘un
bilan ulashing
1. Biror joyda doimiy yashov-chi, oʻrnashib qolgan; muqim;
-
Shaharning turgʻun xalqi.
-
Bir necha yil darbadar umr kechirib oshpazlik qildi, oxiri ona qishlogʻi Avvalda turgʻun boʻlib qoldi. K. Yashin, Hamza
-
Sen aytgancha, kuyoving Toshkentdan ikkinchi uylanmasin-da, Kumushni qudalaring oldiga turgʻun qilib yuboraylik, tuzukmi? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Furqat vatanida boʻlolmay turgʻun, Donishday, Voqifday gʻam-alam yutdi. X. Rasul
2. Oʻzgarmas boʻlgan, doimiy, barqaror.
-
Turgʻun muvozanat. Turgʻun holat. Barcha tashkilotlarni turgʻun kadrlar bilan taʼminlash.
-
Hayotda hech narsa turgʻun boʻlib qolmaganiday, teatrda ham koʻp narsalar oʻzgardi. S. Karomatov, Hijron
3. Toʻxtab, turib qolgan, harakat qilmaydigan; harakatsiz; oqmas.
-
Turgʻun suv.
-
U koʻzlarini hovuzdagi turgʻun koʻkimtir suvga tikib oʻyladi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Turgʻun (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
TURG‘UN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУРҒУН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
turg‘un so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar