ula
bilan ulashing
1. Ip, arqon, tasma va shu kabilar narsalarning uchlarini bir-biriga bogʻlab biriktirmoq.
-
Otning tizginiga arqon ulab beringlar, oʻzim haydab ketaveraman. A. Qahhor, Asror bobo
-
— Shoshmanglar, shoshmanglar, — dedi dutorning ipini ulayotgan Meli polvon. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Tohir ikkala belbogʻini bir-biriga ulab, bir chetini beliga bogʻlab, koʻprikning tagiga osilib tushdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. Butunlash maqsadida yamash, payvandlash va shu kabilar yoʻl bilan biriktirmoq.
-
Dahlizda Hasanali uzilgan ot asboblarini ulab tikar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Yoʻlda changʻarogʻi singan ekan, shuni ulaymiz deb urinib qoldik. Sh. Xolmirzayev, Yoʻllar, yoʻldoshlar
-
Quloch yetmas bahaybat quvurlarni bir-biriga ulash ishlari ketyapti. Gazetadan
3. koʻchma Tutashtirmoq, bogʻlamoq.
-
Gʻisht-koʻprik ikkita katta koʻchani bir-biriga ulaydi. Sharq yulduzi
4. q.x. Payvand qilmoq.
-
Gilosni olchaga ulamoq. Naʼmatakka atirgulni ulamoq.
5. koʻchma Biridan keyin boshqasini qoʻshib, uzluksiz davom ettirmoq.
-
Ishni ishga ulamoq. Kuyni kuyga ulamoq. Kunni tunga ulamoq.
-
U har toʻgʻrida tinimsiz gapirib, gapni gapga ulab yubordi. O. Yoqubov, Tilla uzuk
-
Abdurahimov sigaretning tutunini tutuniga ulab chekarkan, oʻzidan oʻzi gapira ketdi. Mushtum
-
[Nizomjon] Kechalari yulduz toʻla osmonga tikilib, tunni tongga ulab, qushlar naʼmasidan, suvlar shildirashidan koʻngliga allaqanday yupanch izlardi. S. Ahmad, Ufq
6. Aloqa, bogʻlanishni tiklamoq, tutashtirmoq.
-
Allo, menga Buxoroni ulab bering. T. Alimov, Xushbichim yigit
-
Keyin televizorni tokka uladi. T. Ashurov, Oq ot
ULA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ula so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar