uloq
bilan ulashing
1. 1 ot Ulanadigan narsa.
-
Uloq solmoq. Arqonning ulogʻini olib tashlamoq.
-
Yirtigʻingizga yamoq, uzugʻingizga uloq tegmay yurardingiz, — dedi Nafisa eriga. Shuhrat, Jannat qidirganlar
2. sifatdosh Turli yoʻl bilan (bogʻlash, tikish, yelimlash, kavsharlash, mixlash va shu kabilar bilan) oʻzaro tutashtirib, mahkamlab biriktirib qoʻyilgan, ulangan bir necha boʻlakdan iborat, yaxlit emas.
-
Uloq arqon. Uloq dasturxon. Uloq sim. Uloq tunuka.
-
Boy bobomning qizlari, Sochi uloqqa oʻxshaydi. Oq olma, qizil olma
3. ot Narsaning boʻlaklari oʻzaro ulanganda hosil boʻlgan tuguni yoki choki, ulangan joyi.
-
Arqonning ulogʻi. Pardaning ulogʻi. Elektr simining ulogʻi. Tunukaning ulogʻi.
1. Echki bolasi.
-
Hozir yuzlab mayin junli qoʻzi va uloqqa egamiz. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Koʻz oldimga koʻm-koʻk oʻtloqlar oʻtlab yurgan jajji uloqlar, barra qoʻzichoqlar keladi. N. Fozilov, Qush qanoti bilan
2. Har bir otliq oʻrtaga soʻyib tashlangan uloqni (odatda echki yoki kichikroq buzoqni) bir-biridan kuch bilan tortib olib, tezroq marraga eltib tashlash uchun kurashishdan iborat milliy sport oʻyini; koʻpkari.
-
Ot boqqaning — uloqqa, Qoʻy boqqaning — qoʻnoqqa. Maqol
-
Uloqda otdan yiqilib boshi yorilgan, qoʻl-oyogʻi singan chavandozlar inqillashib yotmoqda. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
-
Himmatning zvenosidagi yigitlarning ikkitasi front koʻrgan qolganlari uloqlarda sovrin olgan yigitlar edilar. M. Muhamedov, Qahramon izidan
3. Shunday sport musobaqasida oʻrtaga tikilgan — soʻyib tashlangan echki yoki buzoq.
-
[Qambar:] Uloq olish uchun chavandoz boʻlish kerak, ukam Obidjon. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ana, bir otliq boshsiz uloqni taqimiga bosib, toʻyxonadan chiqdi. T. Murod, Yulduzlar mangu yonadi
uloq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Uloq bermoq
-
Har kun ikki yuz qozon osh damlanar ikki yuzlab uloq berilar, mamlakatdan toʻyga keluvchi aʼyonga har kun minglab toʻn kiydirilar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Uloq bergan kishi sovrin ham beradi-da. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Ruxsatsiz uloq bergan kishiga jarima solinur. Mushtum
Uloq chopmoq
-
Dadam Mahkamning bobosining uloq chopishini gapiraversa, kishi hayron qoladi. A. Qodiriy, Uloqda
Uloq qilmoq
-
Tagʻin ehtiyot boʻl, qoʻrboshilar oʻgʻirlab ketib, uloq qilmasin. Oydin, Hikoyalar
Uloqni olmoq
-
Bu safar uloqni mehmonlar olishdi.
-
Andijon, Surxondaryo uloqni olib, Xorazm, Qashqadaryo quvlashib borib A. Poʻlat, Tasadduq
ULOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УЛОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
uloq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar