universitet
bilan ulashing
1. Tarkibida bir qancha tabiiy-matematik va ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishdagi fakultetlari boʻlgan, ayni yoʻnalishlarda yuksak malakali mutaxassislar tayyorlaydigan koʻp tarmoqli oliy oʻquv-ilmiy muassasa.
-
Oʻzbekiston milliy universiteti. Universitetga kirmoq.
-
Men sizni universitetda oʻqitaman, aspiranturada oʻqitaman. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
2. Umumiy maʼlumotni va siyosiy bilimni oshirish sohasidagi bir qator oʻquv muassasalarining nomi.
-
Xalq universiteti.
3. koʻchma Bilim, malaka, tajriba va shu kabilarni egallash, oshirish uchun manba boʻlgan dargoh, joy.
-
Qizilqum koʻpgina yigit-qizlar uchun universitet ham boʻldi. S. Anorboyev, Oʻzbekiston oltini
-
Choʻl oʻnlab, yuzlab yoshlar uchun jasorat, qahramonlik, fidokorlikning ajoyib universitetiga aylandi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
UNIVERSITET so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УНИВЕРСИТЕТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
universitet so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar