unna
bilan ulashing
1. Biror narsaning harakatini qilmoq, unga kirishmoq (asosan, ovqat, taom bilan bogʻliq ish-harakatlar haqida).
-
Sanobarxon erta turib, tandir somsaga unnab ketdi. Gʻayratiy, Yoʻqlov
-
Xosiyatxon, hech narsaga unnamang, men uzoq oʻtirmayman R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Sharifa oshxonada qozonga unnayotgan edi. H. Olimjonov, Taqdir taqozosi
-
Yoshi qaytgan, xushfeʼl ayol ikki qizni ochiq chehra bilan kutib oldi. Darhol dasturxon yozib, ovqatga unnay ketdi. Mirmuhsin, Ajrim
2. Harakat qilmoq, urinmoq.
-
Ming unnasalaring ham, azaliy doʻstlarni bir-biridan ajrata olmaysizlar. Yo. Raimov, M. Rahmon, Hayot-mamot
-
Bulardan tashqari ham Xamsa yozmoqqa unnab koʻrgan shoirlar kam boʻlmadi Gʻ. Gʻulom, Tarixiy munosabatlar
3. Teginmoq.
-
Bay-bay-bay, biram shirin unnadiki ogʻzimga. Oybek, Ulugʻ yoʻl
-
Titkilab yurgan edi, uning qoʻliga etik unnadi. Mushtum
UNNA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УННА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan UNNA so‘ziga berilgan ma’nolar
unna so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
unna so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar