yozuv
bilan ulashing
1. Yozmoq II 1 feʼlidan harakat nomi.
-
Yozuv mashinasi boʻlmagan tergovchi mahkamasining mirzasi bechora protokolni juda zoʻr diqqat va hafsala bilan koʻchirgan. Choʻlpon, Kecha va kunduz
-
Natijada Yoʻlchi har kun terlab-pishib, soatlarcha yozuv mashq qildi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Muayyan bir tilda qabul qilingan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi; alifbo.
-
Arab yozuvi. Runik yozuv.
-
Oʻnlab xalqlar: mordvalar, komilar, marilar, qoraqalpoqlar, xakaslar va boshqalar oʻz milliy yozuvlariga ega emas edi. OʻTA
3. Grafik belgilarning tasviri, harflar.
-
Yana bu qoʻlyozmada shoirning Jomiy gʻazaliga taxmis yoʻli bilan yozgan muxammasi ham bor. Lekin yozuvlari juda chaplashib ketganligi uchun oʻqiy olmadik. OʻTA
4. Yozilgan narsa, matn, xat.
-
Asad qori taxtadagi yozuvni tartibi bilan oʻqiy boshladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Mirzakarimboy soqolini selkillatib kuldi va bu yozuvdan rozi boʻlganini bildirdi Oybek, Tanlangan asarlar
-
Mana shunday yozuvlar Toshga oʻyib yozilgan. Z. Diyor
5. Uyga yozish uchun berilgan vazifa.
-
Oyi-chi, oyi, bugun yozuvdan toʻrt oldim [dedi Baxtiyor]. S. Zunnunova, Yangi direktor
yozuv soʻzi qatnashgan jumlalar:
Magnitofon yozuvi
-
Ana shundan keyin ansambl ishtirokchilariga kechagi magnitofon yozuvi qoʻyib eshittirildi. S. Ahmad, Yulduz
YOZUV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁЗУВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yozuv so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar