billur
bilan ulashing
1. Yuqori navli tiniq oq shisha va undan yasalgan qimmatbaho idish-tovoq; xrustal.
-
Billur qadahlar. Billur qandil. Billur kuldon.
-
Asl molga oʻxshaydi, billur guldon. M. M. Doʻst, Lolazor
-
uy egasiga yana katta martabalar tilab, billur qadahlarni jaranglatishdi. Mirmuhsin, Qahramonnoma
-
shipda billur qandil, devorda afgʻon gilam. S. Siyoyev, Erkaklar ertagi
2. eskirgan, aynan Kristall.
-
Endi koʻtarila boshlagan oftobning nuri dovsiz-daraxtsiz choʻlni qoplab, qor billurlarini olmos maydalariday yaltiratayotgan boʻlsa ham, ularni erita oladigan taʼsirga ega emas edi. S. Ayniy, Qullar
3. koʻchma Oppoq, begʻubor, musaffo.
-
Valijon billur toshlar orasidan qaynab chiqayotgan tiniq suvga qadalib, xiyol jim qoldi. O. Yoqubov, Lolazor
-
Shagʻal toshlar ustida sharqirab oqayotgan togʻ suvi — billur. Mirmuhsin, Meʼmor
BILLUR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИЛЛУР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
billur so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar