urug‘
bilan ulashing
1. Oʻsimlikning murtak, oziq moddalari va qobiqdan iborat hosili; don, tuxum.
-
Sochilgan urugʻ unib chiqdi. Bemaza qovunning urugʻi koʻp. Maqol
-
Ter toʻkib, sochsang urugʻ, yer seni qoʻymas quruq. Maqol
-
Koʻklam-da ona-bola togʻ etagidagi qoʻriqqa chiqib, belkurak bilan yer agʻdarib, lalmi bugʻdoy ekishdi, lekin qurgʻoqchilik boʻlib, urugʻga ham chuv tushishdi. P. Qodirov, Uch ildiz
2. Jonivorlar, hasharotlarning jinsiy hujayrasi; tuxum.
-
Bir chugʻurchuq bir kunda oʻn mingtagacha hasharotni yeydi. Hasharot esa, yoʻq boʻlib ketmasligi uchun, millionlab tuxum qoʻyadi. S. Nurov, Narvon
3. Ipak qurti kapalagining tuxumi, qurt urugʻi.
-
Samarqand qurt urugʻi zavodi faqat oq pilla oʻraydigan ipak qurti urugʻlari tayyorlay boshladi. Gazetadan
4. biologiya Erkaklar jinsiy bezi ishlab chiqaradigan, jinsiy hujayralardan iborat suyuqlik; sperma, maniy.
5. koʻchma Koʻpaytiradigan, koʻpayadigan, urchiydigan narsa.
-
Bolaligida uning miyasiga ilm urugʻi qadalsa, keyin sermeva daraxt boʻlib unib chiqqay. M. Osim, Ibn Sino qissasi
-
Nizomulmulk fitna urugʻini uzoqni moʻljallab, juda maxfiy sepmoqda. Oybek, Navoiy
6. (3-shaxs birlik shaklida: urugʻi) Ayrim soʻzlar bilan qoʻllanib, shu soʻz anglatgan narsa yoki shaxs toifasi, koʻpligi maʼnosini bildiradi; zoti.
-
Boʻlsa boʻlar, boʻlmasa — xotinning urugʻi Hirotdan kelgan emas! A. Qahhor, Asarlar
-
Dunyoda kitob urugʻi borki, hammasini oʻqib boʻldim. Mushtum
7. Bir ota-bobodan, bir ajdoddan kelib chiqqan kishilar guruhi; avlod.
-
Bir urugʻidanmiz aloqalarimiz buzilmasin. Sh. Xolmirzayev, Ogʻir tosh koʻchsa
-
Sulton Ahmadbek oraga odam qoʻygan. Butun urugʻlari bilan sizning marhamatingizga muntazir. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
8. Ibtidoiy jamoa tuzumida: oʻzaro qon-qardosh boʻlgan kishilardan iborat dast-labki asosiy tashkilot, uyushma, jamoa.
-
Ilgari oqsoqollar boshchiligidagi har bir urugʻ oʻzini bir-biridan yuqori qoʻyar, bir-birining odatidan, tilidan kular edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Shiroq, bizning urugʻdan. Oʻzi ertakchi, dostonchi dono chol. M. Osim, Shiroq
urug‘ soʻzi qatnashgan jumlalar:
Anqoning urugʻi
Urugʻini oʻynatmoq
-
Bir tomchi qoning qolguncha urugʻingni oʻynatadi. S. Ismoilzoda, Temur
Urugʻini quritmoq
-
[Umirali:] Nusratilla aka, men-chi men har qanday dushmaningizning urugʻini quritaman. A. Muxtor, Opa-singillar
-
[Dadajon:] Murodova yana bir-ikki yil turadigan boʻlsa, chilimning urugʻini ham quritadiganga oʻxshaydi. I. Rahim, Ixlos
URUG‘ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УРУҒ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
urug‘ so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar