uvol
bilan ulashing
1. Ayb, gunoh.
-
Yoshgina emadigan chaqalogʻi boʻlmaganda ham mayli edi, unga qoʻl tegizmoq uvol! I. Akram, Adolat
-
Mehmonlar toʻyga borib xursand boʻlishmadi. Toʻyboshining orzu-havasi uvolga, zamon soʻzi bilan aytsak, gunohga aylandi. N. Safarov, Olovli izlar
2. Foydasiz yoki bevaqt yoʻq boʻlish, yoʻqolish; nest-nobud.
-
Umr uvol, uvol, bahor mevalarin, Yoshlik boʻsalarin toʻyib totmasang. A. Muxtor
-
Xohishlaring boʻlmasin uvol! H. Olimjon
3. koʻchma Birovga ozor bermaydigan, ziyon yetkazmaydigan; yuvosh, zaif.
-
[Akram:] Iye, hali sutdan oq, musichadek uvolman deng? O. Yoqubov, Aytsam, tilim kuyadi, aytmasam — dilim.
-
Boya chumolidek uvol koʻringan qizdek yigit endi kiyikdek yel quvib uchib borardi. S. Ahmad, Choʻl burguti
4. Ogʻir, qiyin, ayanchli.
-
Joʻjabirdek jon, bolalariga uvol boʻldi. N. Safarov, Uygʻonish
-
Oyoq-qoʻli butun boʻla turib, chumchuqdan battar uvol yashaydigan odamlar ham bor. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
uvol soʻzi qatnashgan jumlalar:
Uvoli tutmoq yoki uvoliga qolmoq
-
Oʻqishini juvonmarg qilsak, uvoliga qolamiz. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
UVOL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УВОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
uvol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar