uvoq
bilan ulashing
1. Uvatilgan narsaning kichik bir boʻlagi, uvalgan qismi; ushoq.
-
Zokir boston pidjagining yengiga yopishgan non uvogʻini chertib tashladi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Binoning tashqi tomoni marmar taxtalar hamda marmar uvoqlari bilan pardozlangan. Gazetadan
2. koʻchma Jussasi kichik, mayda.
-
[Sherbek:] Qoramol bilan uvoq molga bu yerda toʻplaydigan yem-xashagimiz bemalol. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Bunday murakkab mashinani mendek uvoqqina bir qiz boshqarishini qayoqdan bilar edi ular. N. Safarov, Uzoqni koʻzlagan qiz
-
U, Dilbarxon tasavvur qilganidek, yoʻgʻon, barvasta emas, balki 55 yoshlardagi uvoqqina odam edi. X. Toʻxtaboyev, Sadoqat
3. koʻchma Umuman, mayda, kichik.
-
Uvoq maqsad uchun tarixni chaplab, Homiylarni, zakiylarni sotganlar ozmi? A. Oripov, Yillar armoni
UVOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УВОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
uvoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar