vidolash
bilan ulashing
1. Marhum bilan (yoki hayotdan koʻz yumayotgan shaxs oʻzgalar bilan) abadiy xayrlashmoq.
-
Jangchilar miltiqdan bir yoʻla oʻt ochib, Sariqov bilan soʻnggi dafʼa vidolashdilar. N. Safarov, Don
-
Qutidor vidolashib, aravaga chiqqanida, koʻcha tarafdan Otabek kelaberdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Axir kelgan-ketganga rizolik berib, vidolashib yotgan emish. Men ham soʻnggi burchimni ado etib qoʻysammikan? S. Siyoyev, Avaz
2. koʻchma Umuman, kimsa yoki narsa bilan undan abadiy ajralish oldidan xayrlashmoq.
-
Bek uning [otining] tizginidan tortib, siniq tovush bilan: Kel, jonivor, vidolashaylik! — dedi-da, bolta sopini kamariga suqib, otning boʻynidan ikki qoʻllab quchoqlab oldi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Erali choʻntagidan eskirib ketgan xatni olib ochdi-da, goʻyo u bilan vidolashayotgandek, boshqatdan oʻqidi. I. Rahim, Chin muhabbat
vidolash soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hayot bilan vidolashmoq
-
Ertasi, yakshanba kuni, tong chogʻida shoir hayot bilan vidolashdi. Oybek, Navoiy
-
Ichkilik — zaharli qora ilon, unga ruju qilgan odam hayot bilan vidolashishi turgan gap. Gazetadan
VIDOLASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВИДОЛАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
vidolash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar