xabar
bilan ulashing
1. Biror kimsa, narsa yoki hodisa haqidagi axborot, darak, bildirish.
-
Muhammad Argunning xabariga koʻra, dushmanning katta qoʻshini Raf-qondan oʻtib, Konibodom sari kelayotgan edi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Oylar oʻtdi va yillar oʻtdi, Lekin sendan boʻlmadi xabar. R. Parfi
-
Onasi, ertaga barvaqt bogʻga koʻchishga toʻgʻri kelgani uchun, tezroq yotib tinchish kerakligini aytdi. Gulnor bu xabarni juda sovuq qarshi oldi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Yangilik.
-
— Mulla Abdishukur, — Mirzakarimboy mehmonlardan biriga murojaat qildi, — olamda nima xabarlar bor, gapirsangiz-chi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Kundalik matbuot, radio va televideniye vositasida olingan axborot, maʼlumot; maqola.
-
Kechalari uxlamay radio karnayiga quloq tutib, olis frontda boʻlayotgan xabarlarni eshitardi. S. Ahmad, Ufq
-
Respublikaning yetakchi gazetasida xabar chop ettirishga har qanday jurnalist ham muyassar boʻlavermaydi. F. Musajonov, Himmat
xabar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yomon (yoki sovuq, xunuk, shum, qora) xabar
-
Yomon xabarning qanoti yengil boʻladi. J. Abdullaxonov, Oriyat
-
Bu sovuq xabar xalqni bir chayqatdi. S. Ahmad, Ufq
-
Kecha Andijondan xunuk xabar keldi: Roʻzi oxunning kenjasini chavaqlab ketishibdi. K. Yashin, Hamza
-
U bir marta shunday shum xabarning dardini tortgan. S. Ahmad, Ufq
-
Ayniqsa, dadamning keyingi xatlaridagi qora xabar bilan dunyo koʻzimga toraydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Xabar bermoq
-
Xizmatchilar hojidoʻppi kiygan bu darvish haqida boyga xabar berdilar. U. Ismoilov, Saylanma
Xabar olmoq
-
Nusratbek boʻsh vaqti boʻlganida, goh kechasi, goh kunduzi birrov xolasinikiga kelib, oʻgʻlidan xabar olib ketadi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
-
Men narigi xonalardan bir xabar olay, shogirdlar nima qilayotgan ekan, koʻzdan kechirib qoʻyay. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
Xabar topmoq
-
Umar polvon bundan xabar topib, otasidan qolgan bir parcha yerlarini sotib boʻlsa ham, ukasini Tozagulga uylantirmoqchi edi. K. Yashin, Hamza
-
Bu voqeadan xabar topgan oyisi uni [Xurshidni] qattiq jerkiganicha boʻsh stulga oʻtqazadi. N. Aminov, Qahqaha
Xabari bor
-
Zavqiyning ham keyingi paytlarda tabibning oilasi chetga surib qoʻyilganidan xabari bor edi. K. Yashin, Hamza;
-
Tikuvchilikdan xabari bor qiz.
Xabari yoʻq
-
Dildorning bu gapdan xabari yoʻq. S. Ahmad, Ufq
-
— Botir aka, oʻlimdan xabarim bor, bu gapdan xabarim yoʻq, — dedi qizarib Nizomiddinov. S. Ahmad, Hukm
Holidan xabar olmoq
-
Oʻzi emasmi, onamning holidan xabar olib turing, sizga ishonaman, deb iltimos qilgan Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Dadamga tahorat suvi beradigan, erta-kech holidan xabar oladigan bir moʻmin-maʼqul zaifa topilsa, yaxshi boʻlardi. Oybek, Tanlangan asarlar
XABAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХАБАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xabar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar