xabardor
bilan ulashing
1. Xabari bor, axborotga ega.
-
Uning [Musaning] nazarida, goʻyo Ziyodbek hamma gaplardan xabardor. N. Fozilov, Diydor
2. sifatdosh Biror soha boʻyicha muayyan maʼlumotga ega, shu sohani biladigan; omilkor.
-
Kafillik bersam-bermasam, diplomatiya ishlaridan xabardor boshqa odamimiz yoʻq. T. Malik, Qaldirgʻoch
-
Bu qiz [Xonzoda] meʼmorlik sanʼatidan ham xabardor ekan P. Qodirov, Yulduzli tunlar
xabardor soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xabardor boʻlmoq
-
Shov-shuv koʻtarma! Dadang xabardor boʻlib qolsa, yaxshi boʻlmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Mulla Fazliddinning yuragi taka-puka boʻlib ketdi. Nahotki bu bek poʻlat sandiqdagi suratdan xabardor boʻlsa?! P. Qodirov, Yulduzli tunlar;
-
Oliyaxonning ota-onasi qizlaridan xabardor boʻlib turish uchun ularni oʻz uylariga koʻchirib keldilar. Mushtum
-
Oxiri oʻylab-oʻylab, bu gaplardan sizni xabardor qilishga ahd qildim. S. Ahmad, Ufq
-
Boshliqqa telefon qilishdan maqsad maslahat soʻrash emas, balki charxpalak oʻyinining boshlanganidan xabardor qilish. Yoshlik
XABARDOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХАБАРДОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xabardor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar