xat
bilan ulashing
1. Yozuv, yozilgan, chizilgan yoki oʻyib tushirilgan belgilar; matn.
-
Olim toshga oʻyilgan qadimiy xatni oʻqishga urindi.
-
Xat kichikroq qogʻozda oʻlchovlik soʻzlardan iborat edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Yozuvda ishlatiladigan grafik belgilar; harflar tizimi.
-
Arabcha xat. Lotin xatini oʻrganmoq.
3. Biror xabar berish yoki fikr almashish maqsadida aniq manzilga asosan pochta orqali yuboriladigan, matn yozilgan qogʻoz.
-
Bir kuni pochtalon Ashurali otaga xat tutqazdi: — Oʻgʻlingiz Kimsanboydan. T. Ashurov, Oq ot
4. Harflarni yozishdagi oʻziga xos uslub, koʻrinish, yozuv xili.
-
Uning xati xunuk.
-
[Asar] Juda sifatli novvotrang qogʻozga nastaʼliq xatida koʻchirilgan. UTA
5. Savod; harf tanish.
-
[Imom:] Toʻgʻrisini aytsak, xatimiz yoʻq hisobida! Hamza, Boy ila xizmatchi
-
Usta Moʻmin, rahmatlik, xat bilar edi, kitob koʻrib, bolaning otini Yodgor qoʻydi. A. Qahhor, Asror bobo
6. Rasmiy qogʻoz, hujjat.
-
Bunga tashkilotlar va shaxslar oʻrtasidagi rasmiy ishga taalluqli boʻlgan xatlar, yozishmalar kiradi. OʻTA
7. Satr, misra.
-
Bilish uchun har qaysi sheʼrdan bir-ikki xat oʻqib koʻrish kerak edi. A. Qahhor, Sarob
xat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Taloq xati
-
Bir necha vaqtdan soʻng Homidning soxta taloq xati bilan eridan chiqqan qiz Komilbekka beriladir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Xat tortmoq
-
Bu zolimning jabriga xudo oʻzi xat tortmasa, bandasi nevlaydi. Choʻlpon, Kecha va kunduz
Xat qilib bermoq
-
Uyimni internatga xat qilib berdim.
-
Siz boylarning yer-mulklarini musodara qizish vaqtida eng yaxshi yerlarni ularning oʻzlariga xat qilib bergansiz. H. Gʻulom, Mashʼal
Xatga olmoq (yoki solmoq, bitmoq)
-
Mulkni xatga olmoq.
-
Bu uydagi hamma narsa xatga olingandan keyin, tashqariga chiqildi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Xatga tushmoq
-
Xatga tushding — oʻtga tushding. Maqol
Yumaloq (yoki dumaloq) xat
-
Kolxoz jun planini pul bilan toʻldirdi, degan mazmunda raykomga dumaloq xat yozib yubordi. A. Koʻchimov, Halqa
XAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar