xavf
bilan ulashing
1. Biror xatarli hodisa yoki falokat sodir boʻlishi ehtimolligi, xatar.
-
Bu voqeadan xabar topgan Sulton Ali mirzo oʻlim xavfi oʻziga ham yaqinlashib kelayotganini sezdi P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Shoshish kerakmas, chunki bu yil toshqin xavfi yoʻq. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Xavotirlanish, xavfsirash; xavotir, tashvish.
-
Hamisha xavfda koʻnglim bu muhabbat intihosidan, Meni ham etmasa majnun debon Raʼnoni(ng) savdosi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
xavf soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xavf ostida
-
Vatanimiz xavf ostida turgan kunlar Qorasuvga borib, toʻy-tomosha qilib berishga fursat yoʻq edi. O. Yoqubov, Izlayman
-
[Abu Yusuf:] Mirzo hazratlari, saltanatimiz xavf ostida! P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
— Yoʻq, bugun yoʻlga chiqasan, — deb qoldi kutilmaganda qalpoqcham, — sevgilingning hayoti xavf ostida. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
XAVF so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХАВФ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xavf so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar