xayr
bilan ulashing
1. Tilanchiga, beva-bechoralarga beriladigan sadaqa, ehson.
-
Afandi baland aylana zinadan pastga tushgandan soʻng, xayr soʻrayotgan gadoyni koʻrdi. Gazetadan
2. Birovga qilinadigan xolis yordam, yaxshilik; saxovat.
-
Safar xayrsiz boʻlmaydi. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. modal so‘z Yaxshi, mayli, xoʻp; nima boʻlsa boʻldi.
-
Xayr, bizdan ketsa-ketsin, dargohi-da qabul boʻlsa, bas!K. Qodiriy, Kichik asarlar
-
Xayr desang, hozir naʼra tortaman, Badbaxtlarni bugun qirgʻin etaman. Malikayi ayyor
xayr soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xayr qilmoq
-
Xayr qilsang, butun qil. Maqol
-
Kampir xayr qilayin desa, bir qisim gʻallasi ham, bir parcha noni ham yoʻq edi. Gulshanbogʻ
Xudo xayringizni bersin
-
[Gʻofir:] Duo qilaman, xudo xayringizni bersin! Bola-chaqangizning orzu-havasini koʻring, Hasan aka! Hamza, Boy ila xizmatchi
und.s. Xayrlashganda, vidolashganda aytiladigan soʻz.
-
— Xayr, sogʻ boʻling, — dedi Saodat Lolaxonni eshikkacha uzatib. S. Zunnunova, Olov
-
Xayr endi Qalbimda bir vido qoldi. Xayr endi Sen ketding, begunoh ohu. A. Oripov
XAYR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХАЙР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xayr so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar