xo‘roz
bilan ulashing
1. Xonaki tovuqlarning va baʼzi tovuqsimonlarning erkagi.
-
Babaq xoʻroz. Urushqoq xoʻroz.
-
Qoʻnoqdagi xoʻroz choʻzib-choʻzib qichqirdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. koʻchma S. t. Tanti; mard.
-
Xoʻroz yigit.
-
Tantiboyvachchanikiga boramiz ertaga Juda xoʻroz odam. Koʻrsangiz, oʻzingiz ham hayron qolasiz. Oybek, Tanlangan asarlar
-
— Gʻanivoy juda bopta ish qipti, bunaqa ishni yigitning xoʻrozi qiladi, — dedi Burgut. S. Ahmad, Choʻl burguti
xo‘roz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xoʻroz gap yoki gapning xoʻrozi
-
[Yusufjon:] Hamzaxon, nuqul haqiqatni dangal yozibsiz, Boylardan qoʻrqmay, xoʻroz gap qilibsiz. K. Yashin, Hamza
Xoʻroz qichqirmasdan
-
Vrach qabuliga birinchi boʻlib yozilay, deb xoʻroz qichqirmasdan kelgandim. Mushtum
-
Kelin xoʻroz qichqirmasdan turib, nonga xamir qordi. Gazetadan
XO‘ROZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХЎРОЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xo‘roz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar