xo‘sh
bilan ulashing
1. Soʻroq gap oldida kelib, “aytingchi”, javob bering-chi, tushuntirib bering-chi kabi maʼnolarni ifodalaydi.
-
[Homid:] Xoʻsh, Sodiq polvon, ishlar qanaqa, Toshkentda nima gaplar bor? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Qistash maʼnosini ifodalaydi.
-
Hech kim boshlamadi. — Xoʻsh, gapiringlar, — dedi Boʻtaboy. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. Nutq jarayonida topilmay qolgan soʻz oʻrnida yoki pauza oʻrnida qoʻllanadi.
-
Xoʻsh, bir nima demoqchi edim
-
Xoʻsh desangiz, Bagʻdod shahrida Abutanbal degan bir yalqov yigit oʻz onasi bilan yashar ekan. Gʻ. Gʻulom, Tirilgan murda
Xayr, xudoning panohiga.
-
Anvar! — Xoʻsh, Sultonali aka! — ikkisi ajralishdilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
und s. Molni haydash yoki qaytarish uchun aytiladi.
-
[Bolalar] Xoʻsh, xoʻsh, jonivor, deb uning [buqachaning] orqasini silab qoʻyishadi. E. Raimov, Ajab qishloq
XO‘SH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХЎШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xo‘sh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar