yangi
bilan ulashing
1. Ilgari boʻlmagan, endi yuzaga kelgan (kelayotgan, keladigan).
-
Yangi ariq. Yangi texnologiya. Yangi devor. Yangi zavod. Yangi yoʻl. Yangi ilmiy yoʻnalish. Yangi korxona. Yangi uy. Yangi shahar. Yangi nav.
-
Tinchlik-omonlik boʻlsa, bir kun kelib, yangi dangʻillama imoratlar solib ham, hozirgiday, shunchalik gap ekan-ku, deymiz. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
U doʻstlariga tunov kungi yangi sherini maʼqul qilolganiga quvonardi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
U Mirmurodovni har koʻrganda: — Yangisi bormi, eshitaylik, — deb soʻraydigan boʻldi. Guldasta
2. Hali tutilmagan yoki juda kam ishlatilgan, asl holatini yoʻqotmagan; zid. eski.
-
Yangi kiyim. Yangi mashina.
-
Dushanba kuni yangi banoras toʻn va yangi yashil baxmal doʻppimni kiyib, idoraga bordim. Guldasta
3. Ish-faoliyati, hayoti endi boshlangan, boshlanganiga hali koʻp boʻlmagan; yangi qilingan.
-
Bu ishda u yangi, yordam berish kerak.
-
U — yangi hisobchimiz Oqpoʻlat akaning yakka-yu yagona arzanda oʻgʻli. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Sattorqul yangi rais boʻlsa ham, shoshmasdan koʻklamni tizginlab oldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Nihoyat, otasi oʻz muddaosiga yetdi — qizini yangi kuyovga topshirib tinchlandi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. Oʻzaro navbatda avvalgisidan keyingisi; navbatdagisi, endigisi.
-
Yangi direktor. Yangi lavozim.
-
Bilim maskanlarida yangi oʻquv yili boshlandi. Gazetadan
-
Ha, tongni qarshilab olsa-da takror, Yangi deb ataydi har kunni odam. A. Oripov
5. Shu yil, shu mavsumga tegishli; shu yilga oid; dastlabki.
-
Shoʻrvaga yangi kartoshka solindi. Yangi bugʻdoyning noni.
-
Yangi hosilni peshma-pesh qabul qilish va undan sifatli tola ajratib olishga ham puxta hozirlik koʻrildi. Gazetadan
YANGI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯНГИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yangi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar