yangilik
bilan ulashing
1. Yangi holat, yangi ekanlik.
-
Kiyimning yangiligi. Rahbarning yangiligi.
2. Ilgari maʼlum boʻlmagan, yaqindagina paydo boʻlgan narsa yoki hodisa; yangi xabar, maʼlumot.
-
Fan va texnika yangiliklari.
-
Qanday qilib boʻlardi, ish unumini oshiradigan yangilik oʻylab chiqdingiz-ku, yana bir yangilik kiritsangiz, ancha odam boʻshab qolishi tabiiy. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Zorqishloqda har kuni bir yangilik, har kuni bir moʻjiza yuz berardi. S. Ahmad, Hukm
-
Sizning ana shu yangilik tarafdori ekaningizga hamma qoyil. J. Sharipov, Saodat
-
Akram Adolatni yaxshi koʻradi. Qani, marhamat etib, mana bu yangilikni eshiting-chi, yoqarmikan sizga. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Sayfulla kun sayin bir yangilik topib kelardi: — Domla Tohirni, Mansurga koʻtartirib qoʻyib, qamchi bilan quymichiga xoʻp savaladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
YANGILIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯНГИЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yangilik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar