yanga
bilan ulashing
1. Akaning xotini (uka va singilga nisbatan); kelinoyi.
-
— Men bilet olib boraman, — deydi akasi bilan yangasiga. Guldasta
-
Yangamning oshini mazali qilgan akamning masalligʻi, demoqchisiz-da. N. Safarov, Jasoratning davomi
2. Yoshi oʻziga nisbatan katta boʻlgan ayolga (oʻzga ayolga) nisbatan qoʻllanadi.
-
Bugʻdoy-zorda bir koʻring Sanam yanga kuchini. Sharq yulduzi
-
Sotuvchi telpakni olib, bir pufladi-yu, choʻzdi: — Marhamat. Oling, amaki, yangam quvonadi S. Siyoyev, Otliq ayol
3. etn. Nikohning ikkinchi kuni kechasi kelin bilan kuyov xizmatida qoluvchi ikki xotindan biri.
-
Yangalar kelinni ichkari kiritib, toʻy egalari roʻparasiga turgʻizishdi. Soʻzamol yanga marosimni boshladi. R. Rahmonov, Kelin
-
Yangalar Kumushni qizlarga topshirib ketdilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
YANGA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯНГА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yanga so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar