yangila
bilan ulashing
1. Aynan bir narsaning eskisini yangisiga almashtirmoq, yangi qilmoq.
-
Soat prujinasini yangilamoq.
-
Zebi qaynata va qaynanaga vaqtida chilim tutishi, chilimning suvini tez-tez yangilab, sarxonasini tozalashi lozim edi. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin
-
Mehrinisa, eri idoraga borib kelaman, deb chiqib ketgach, dasturxonni yigʻib, samovarning kulini qoqdi, suv toʻldirib, olovini yangiladi. R. Fayziy, Hazrati inson
2. Borini boshqasi bilan almashtirmoq; oʻzgartirmoq.
-
Kafedra mudirini yangilamoq. Ish joyini yangilamoq.yash
-
Noshud raisni yangilash zarur boʻlib qolganida, balogardon bizning Abdullajon otaga yopishib oladilar. N. Safarov, Olovli izlar
3. Avvalgisi (eskisi) ham turgani holda yangisini olmoq.
-
Kiyimlarini yangilamoq.
-
Xullasi kalom, ishlarim chakki emas, doʻppim yarimta. Faqat menda bir armon bor. U ham boʻlsa, xotinni yangilab olsam. Mushtum
yangila soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yarasini (yoki dardini) yangilamoq
-
Uning yarasini yangilab qoʻyishdan qoʻrqib, yarim yoʻlgacha indamay bordi. K. Yashin, Hamza
-
Notiqlar orasida eski dardimni yangilagan moldavan yozuvchisi Pavil Petrovich Batsu boʻldi. N. Safarov, Olovli izlar
YANGILA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯНГИЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yangila so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar