yangicha
bilan ulashing
1. ravish Ilgarigilarga oʻxshamagan holda, yangi usulda, yangi tartibda.
-
Biz yangicha ishlaymiz, yangicha yashaymiz.
-
Yangi supurgi yangicha supuradi, deb toʻgʻri aytarkanlar. J. Abdullaxonov, Toʻfon
-
U butunlay yangicha kiyingan: oyogʻida gʻarchli sariq botinka, egnida kulrang kostyum, sochini juda silliqlab, orqasiga taragan edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. sifatdosh Ilgarigilarga oʻxshamaydigan, yangi urf boʻlgan.
-
Yangicha turmush. Yangicha kiyinish. Yangicha munosabat.
-
Abdishukurning tili qichib, yangicha toʻy haqida mufassal izoh bermoqqa chogʻlangan edi, lekin soʻzni Hakimboyvachcha ilib ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
[Abdusamad qori:] Men bir oz eskicha oʻqiganman, yangichaga hali mashqim rosa boʻlgan emas. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
YANGICHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯНГИЧА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yangicha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar