yadro
bilan ulashing
1. sprt. Itqitish uchun ishlatiladigan dumaloq ogʻir sport quroli.
-
Sportchi yadroni 20 metrga irgʻitdi.
2. maxe. Biror narsaning ichki markaziy qismi; oʻzagi, magʻzi.
-
Yerning yadrosi. Atom yadrosi. Yadroning boʻlinishi.
-
Yadro esa hujayradagi barcha jarayonlarni boshqarib turadigan markazdir. Fan va turmush
3. koʻchma Biror jamoa, guruh, tashkilot va shu kabilarning asosiy qismi, muhim qismi; tayanch.
-
Shu sababli milliy til onomastikasi va toponimikasi fondining asosiy — yadro qismini xalq shevalaridagi onomastik materiallar tashkil etadi OʻTA
4. aynan Yadroviy.
-
Yadro urushi. Yadro quroli.
-
Butun roʻyi zaminga yadro falokati soya tashlab turgan ayni paytda xalqaro birdamlik tantanasi ulkan ahamiyatga egadir. Gazetadan
YADRO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯДРО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yadro so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar