yagona
bilan ulashing
1. Bor-yoʻgʻi bitta, yakka-yolgʻiz; birdan-bir, bitta-yu bitga.
-
Oilaning yagona farzandi.
-
Bu dardli hayotda Gulnorga yagona baxt — Yoʻlchining singlisi Unsin edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Eshak deb ataladigan uch kishilik yagona, oyoqlari tarvaygan skameykada Abdurasul bilan Oyimxon oʻtirishibdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Gʻarbiy Bug daryosi ustidagi yagona koʻprik Tez borib, uni albatta egallash zarur edi. T. Rustamov, Mangu jasorat
2. Boshqa tengi yoʻq, bitta-yu bitta hisoblanuvchi.
-
U oʻttiz hunarda yagona. Oybek, Navoiy
-
Ha, Najmiddin Buxoriy hazratlari bilan otangiz ustod Qavom hazratlarini Xuroson-u Movarounnahrda yagona, desak xato boʻlmaydi. Mirmuhsin, Meʼmor
3. Hamma uchun umumiy, birlashgan, birdan-bir.
-
Yagona davlat narxlari.
-
Oʻzbekistonda yuzdan ortiq millat va elat vakillari yagona oila boʻlib yashamoqdalar. Gazetadan
4. kam qoʻll. yukl. Faqat, birgina.
-
Shirin afsonalar aytib yulduzlar, Yoniga chorlaydi meni yagona. R. Parfi
YAGONA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯГОНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yagona so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar