xodim
bilan ulashing
1. eskirgan Oʻtmishda saroy yoki oʻrdada xon, bek va shu kabilarning xizmatini qilib yuruvchi kishi.
-
Xon, aʼyonlariga ruxsat berib, haramga kirgan, oʻrdaning kunduzlik xodimlari tarqalishib, faqat kecha beklari, xon soqchilari, doimiy xodimlar qolgan edilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
2. Biror idora yoki muassasada ishlovchi kishi, xizmatchi.
-
Savdo xodimi. Xalq maorifi xodimlari. Tibbiyot xodimi.
-
— Tergov oʻtkazmasdan qanday ushlaysiz, — eʼtiroz bildirdi prokuratura xodimi. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
xodim soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ilmiy xodim
-
Koʻp oʻtmay ilmiy xodimlardan baʼzilari Salimxon Obidiyning nega ketib qolganini Umiddan soʻrashdi. Mirmuhsin, Umid
-
Institutimizda qancha ilmiy xodim boʻlsa, hammasi yopirilib kelaverdi. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
XODIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХОДИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xodim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar