xotin
bilan ulashing
1. Jinsiy jihatdan erkak toifasiga zid, farzand koʻrish, emizish qobiliyatiga ega odam; ayol.
-
Bozorqulning onasi juda chiroyli xotin edi A. Muxtor, Chinor
2. Biror erkak nikohidagi ayol.
-
Er-xotinning urishi — doka roʻmolning qurishi. Maqol
-
U [meʼmor] toʻgʻri uyga qaytib keldi-da, bor gapni qizi Badia bilan xotini Maʼsuma bekaga aytib, oʻrniga choʻzildi. Mirmuhsin, Meʼmor
xotin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xotin kishi
-
— Yoshing yigirma beshga qarab ketyapti, — dedi onasi, — xotin kishi oʻttizga kirsa, oʻtin boʻladi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Xotin olmoq
-
[Rahmatilla] Asta-sekin oʻzini oʻngardi, uy-joy qildi, xotin oldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Xotin oshi
Xotin peshin
Xotin taloq
Xotin qoʻymoq
XOTIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХОТИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xotin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar