xotinlik
bilan ulashing
1. Xotin, ayol boʻlishlik.
-
Shu yoʻsin qizlar oʻzlarining bir oʻrtoqlarini xotinlik dunyosiga uzatib, majlisdan tarqalishdilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Xotinlarga, xotin-qizlarga xos xususiyat, xislat, fazilat.
-
Xotin kishini hamma vaqt noumid, norozi koʻrib oʻrgangan va buni xotinlik latofati deb bilgan Sidiqjonga bu juvonning gaplari, katta ishonch va zoʻr mamnuniyat bilan gapirishi uncha botmadi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. so‘zlashuv tili Xotinli.
-
[Zargarov:] Sizdan bir ogʻiz soʻz! Bir ogʻiz! Men Zargarovning xotini emasman, oʻynashiman, desangiz qutulib ketaman. Xotinlik erkak oʻynash tutmasin, degan zakon [qonun] yoʻq! Yoʻq! A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
-
Hamma koʻp xotinlik oilalarda boʻlgani kabi, Iskandar ham bir xotiniga [Ravshanakka] koʻproq mehr qoʻyadi. T. Jalolov, Xamsa talqinlari
xotinlik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xotinlikka olmoq
-
Boy xotinlikka olgandan keyin, oʻgʻli ham birdan oʻlib qoldi. S. Zunnunova, Gulxan
XOTINLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХОТИНЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xotinlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar