xotira
bilan ulashing
1. aynan Xotir 1.
-
Xotirasi kuchli odam.
-
Ziyoda tiyrak qora koʻzlari bilan kuldi va shu qiyofada Zargarovning xotirasiga oʻrnashib qoldi. A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat
2. Biror kimsa yoki narsa haqidagi yodda, esda saqlangan taassurot.
-
Sayohat xotiralari.
-
U [Mansur] Bogʻishamol nafasini, oʻtmish soʻqmoqlarida qolgan bebaho bolalikning aziz xotiralarini olib kelgan bu yigitga havas bilan qarar edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. Esdalik, yodgorlik.
-
[Botir Dilbarga:] Salom! (kitobni uzatib) Mendan sizga xotira. N. Safarov, Hayot maktabi
-
[Chaqaloqning] Otini Shavkat qoʻyaman! Shavkat! Shavkatli kunlarimdan xotira boʻlsin! — derdi [Alimardon]. Oʻ. Hoshimov, Bahor qaytmaydi
4. Xotira (xotin-qizlar ismi).
xotira soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xotira daftari
-
Xotira daftarlarim orasidan yoʻqotib yurgan koʻk daftarcham chiqib qoldi. N. Safarov, Olovli izlar
XOTIRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХОТИРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xotira so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar